Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oq qayinning sirli «ko‘zlar»i

Oq qayinning sirli «ko‘zlar»i

foto:dtf.ru

Oq qayin boshqa ko‘plab daraxtlardan farqli o‘laroq o‘ziga xos xususiyatga ega – uning «ko‘zlar»i bor. Ba’zan mistik ko‘ringan bu sirli hodisa ko‘pchilikning e’tiborini tortmay qo‘ymaydi.

Daraxtlar tanasidagi bu sirli doiralar g‘ayrioddiy narsaga o‘xshaydi. Lekin, aslida tabiiy hodisa. Shunga qaramay bu daraxtga bog‘liq afsonalar mavjud.

Qadim zamonlarda oq qayinlar qahramonlar daraxti hisoblangan. U yunon tilida qalqon degan ma’noni bildiradi. Ya’ni Kelt askarlari undan qalqon yasab foydalanishgan – u yengilligi uchun ko‘tarishga qulay bo‘lgan. Bu qalqonlar jangchi va dushman o‘rtasidagi to‘siq vazifasini bajargan. Odamlar bu qalqonlarni o‘zlarini himoya qiladigan sehrli xususiyatlarga ega deb bilishgan.

Oq qayinning yana bir nomi – titroq terak. Bu daraxtning o‘ziga xos yumaloq barglari qirralari to‘lqinli va rangi oq. Uning shoxlari va barglari shamolda o‘ziga xos ovoz chiqaradi. Bu esa odamda mahzun kafiyatni tug‘diradi.  

Alpinistlar ham qayinni sehrli daraxt deb bilishgan. Bundan tashqari, tog‘li xalq baliq ovlash, qishloq xo‘jaligi yoki uy qurilishi uchun yog‘ochdan foydalanishga qarshi bo‘lishgan...  

Ushbu daraxtlardagi «ko‘zlar» esa daraxt tanasida hosil bo‘lgan doiralardir. Ularning o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin, lekin odatda diametri 2 dan 30 santimetrgacha. Bu oq rangga ega doiralar daraxt tanasidan sizga qarab turgan ko‘zlarga o‘xshaydi.

Oq qayindagi «ko‘zlar» paydo bo‘lishi uning tuzilishi bilan bog‘liq. Daraxt po‘stlog‘ining har bir qatlami o‘z xususiyatlariga ko‘ra farq qiladigan hujayralardan iborat. Daraxt tanasi o‘sishi bilan ba’zi qatlamlar nobud bo‘ladi va uning o‘rnida yangi qobiq qatlami hosil bo‘ladi.

 

Aynan shu bosqichda «ko‘zlar» paydo bo‘ladi. Qobiqning yangi qatlami o‘sishni boshlaganda, u eski qatlamni to‘liq almashtira olmaydi. Natijada, yangi va eski qatlamlar o‘rtasida bo‘shliq hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliq  daraxtlarda «ko‘zlar» ni hosil qiladi. Daraxt tanasiga yorug‘lik tushganda, bo‘shliq uni aks ettiradi va daraxt tanasi yuzasida yorqin oq doira hosil qiladi.

 

Shunday qilib, oq qayindagi «ko‘zlar» daraxtning o‘sishi natijasida yuzaga keladigan tabiiy hodisadir. Garchi bu doiralar ko‘pincha g‘aroyibot va sirli hodisadek qabul qilinsa-da, ular shunchaki daraxtning o‘sishi va rivojlanishining tabiiy jarayonini aks ettiradi.

Ushbu daraxtning «ko‘zlar»i nafaqat noyob tabiat hodisasi, balki qiziqish uyg‘otadigan va ijodiy asarlar yaratishga ilhomlantiruvchi ramzdir. Bugungi kunda ko‘plab rassomlar sirli muhit yaratish uchun o‘z asarlarida oq qayin daraxtlaridagi «ko‘zlardan» foydalanadilar.

Umuman ba’zida bunday ko‘zlarni boshqa daraxtlarda ham uchratish mumkin.

 

Nima ham derdik, tabiat sirli, mo‘jizalarga to‘la, bu endi boshqa mavzu.

    Internet manbalari asosida tayyorlandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring