Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchi va murabbiylar mukofotlandi (to‘liq ro‘yxat)

O‘qituvchi va murabbiylar mukofotlandi (to‘liq ro‘yxat)

Foto: «Xabar.uz»

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog‘liqdir.

Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan farzandlarimizning munosib kamol topishida o‘qituvchi va murabbiylarimizning hissasi beqiyos ekanini ta’kidlash lozim.

Mamlakatimizda ta’lim va tarbiya tizimini davr talablari asosida takomillashtirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»

Annakulova Nazokat Eshaliyevna — Termiz shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Mamadaliyev Abbos Mamasoliyevich — Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi»

Karayeva Xabiba Bebitovna — Jondor tumanidagi 49-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Xodjayeva Maxtuma Ziyatovna — Uchtepa tumanidagi 287-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

Radjabov Baxtiyor Sharipovich — Chirchiq davlat pedagogika institutining aniq fanlar kafedrasi professori, Toshkent viloyati

Seydametova Tamara Sultamuratovna — Shumanay tumanidagi 33-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yuldasheva Gulchexraxon — Andijon tumanidagi «Gumbaz» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»

Ahmejanov Alim Achilovich — Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiyi

Yurtimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish, chuqur bilim va zamonaviy kasb-hunarga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Aleuov Userbay — Nukus davlat pedagogika institutining pedagogika kafedrasi professori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qurambayeva Maryam — Xonqa tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Xorazm viloyati

Mutalova Gulchexra Xamidovna — Piskent tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Urmonov Jaloliddin Rustamovich — Dang‘ara tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abduazizova Zulfiya Xayrullayevna — Yangiobod tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Ashurov Nemat Abdujabbarovich — Payariq tumanidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Genjebayeva Gulparshin Shaudirbayevna — Kegeyli tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jumayeva Gulnora Boboqulovna — Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako‘l akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Ismailov Tulavay Dustovich — Olmazor tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Kadirova Ravshanoy Ismailjanovna — Andijon shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Qodirov Do‘stqobil To‘rabayevich — Mehnat faxriysi, Surxondaryo viloyati

Madyarova Svetlana Aminovna — Toshkent davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti, Toshkent shahri

Muminova Maxpratxon Tursunovna — Uychi tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Ruzmetov Qadamboy Ollaberganovich — Qo‘shko‘pir tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabining afg‘on rubobi sinfi o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Sa’dullayeva Nigora Xayriyevna — Nurota tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Turg‘unova Xamidaxon Pozilovna — Farg‘ona tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Tursunova Qosima Maxkamovna — Bo‘ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent viloyati

Uljabayev Umurzak — Guliston davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati

Xamdamov Utkir Mirzokarimovich — Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ergasheva Aykumush Xushvaktovna — Qarshi shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Berdiyeva Nigara Kurbanovna — Jomboy tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Gasparyan Svetlana Surenovna — Yunusobod tumanidagi 246-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

Meliyev Xamidilla Abdullayevich — Jizzax davlat pedagogika institutining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professori, Jizzax viloyati

Raximkulova Mukaddam Xakimovna — Qarshi shahridagi 46-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

Son Svetlana Mixaylovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-Mehribonlik uyi direktori

Shaipov Rafik Mirxaydarovich — Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sport akrobatikasi bo‘yicha katta murabbiyi

«Do‘stlik» ordeni bilan

Butayev Ismayil Azimovich — Dehqonobod tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Jumaniyazov Atabay — Urganch davlat universitetining nemis va fransuz tillari kafedrasi professori, Xorazm viloyati

Kucharov Sharafidin Turapovich — Denov tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kuchkarova Zamira Akramaliyevna — Guliston tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati

Lyukshina Alevtina Nikolayevna — Sergeli tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Madreymova Ulpash Karinsauovna — Tomdi tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati

Muxitdinova Sanoatxon Kaxarovna — Mehnat faxriysi, Namangan viloyati

Otamuratov Shavkat Karimovich — Bog‘ot tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Rafiyeva Olima Abduraufovna — Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Buxoro viloyati

Ruziyeva Iroda Zubaydullayevna — Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Ten Svetlana Konstantinovna — Yuqori Chirchiq tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Tuychiyeva Xolidaxon Ro‘ziyevna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Andijon viloyati

Umarxodjayev Muxtar Ishanxodjayevich — Andijon davlat universitetining nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Andijon viloyati

Xodjalepesova Gulistan Xoldasovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ibrayim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Xoshimova Mamlakat Muydinovna — Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Farg‘ona viloyati

Sharipova Rabiya Xizriyevna — G‘allaorol tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Yakubova Odinaxon Anvarovna — Marg‘ilon pedagogika kollejining pedagogika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Abdujabborova Muqaddas Yuldoshevna — Qashqadaryo viloyati Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Abdullayeva Lyudmila Xadiyevna — Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Samarqand viloyati

Abduraximova Dilorom Olimjanovna — Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyi direktori, Namangan viloyati

Abduraxmonova Maxmudaxon Orifovna — O‘zbekiston tumanidagi 9-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati

Amonova Xurshida Abdukodirovna — Ohangaron tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Asanova Gulsara Sagindikovna — Chimboy tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Axmedov Baxadir Usmanovich — Sirdaryo tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ashurov Baxrom Abdumavlonovich — Jizzax viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

Babaxanova Dilbar Shamirzayevna — Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyning biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Bayramtaganova Gulayim Saparbayevna — To‘rtko‘l tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya va kimyo fanlari o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bariyeva Mukaddam Isamutdinovna — Buxoro shahridagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Berdiyeva Iroda Shodmonovna — Shofirkon tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Boboqulova Gulnora To‘rayevna — Sherobod tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Bozorova Gulbaxor Rayimovna — Kattaqo‘rg‘on pedagogika kollejining pedagogika va psixologiya fanlari o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Viskunova Olga Aleksandrovna — Sho‘rchi tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Surxondaryo viloyati

Davletyarov Baxadir Tulebayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha murabbiyi

Davronova Rayxon Davlatovna — Chiroqchi tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Dauletmuratova Klara Kurbanbayevna — Qo‘ng‘irot sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Do‘stova Oyrajab Suyunovna — Qo‘shrabod tumanidagi 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Jalilova Barnoxon Raxmatovna — Boyovut tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ibragimova Mu’tabar Faxriyevna — Tayloq tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Isroilova Nilyufar Jalalovna — Chirchiq shahridagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, Toshkent viloyati

Kadirova Dilbar Normuminovna — Termiz davlat universitetining biologiya kafedrasi dotsenti, Surxondaryo viloyati

Kuvvatova Muxayyo Tulkinovna — Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Kultayeva Malika Nuraliyevna — Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kurbanova Zarifa Bokijanovna — Namangan davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Madaminov Ma’mirjon Abdumannabdjonovich — Xo‘jaobod tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Malikova Saodat Talipovna — Uchtepa tumanidagi 238-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri

Maxmudova Gulbaxor Marufovna — Chust tumanidagi «Wonderkids school» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Namangan viloyati

Mirdadayeva Nargiza Mirsidikovna — Shayxontohur tumanidagi 157-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich — Sport yakka kurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiyi

Morozova Vladislava Anvarovna — Quvasoy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Mullayeva Ziyodaoy Maxmudovna — Xatirchi tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Muxamedova Dilfuza Batirovna — Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Nosirov Isroil Maxmudovich — Parkent tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Pets Alyona Yurevna — G‘uzor tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Polvonova Munavarxon Akramovna — Rishton tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Pulatova Ziyoda Tursunovna — Andijon tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Ravshanova Dilfuza Rayemqulovna — Samarqand shahridagi «Timur-Fayz» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Samarqand viloyati

Razikova Xosiyat Kaxramonovna — Narpay tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Rasulova Nuriya Xalimovna — Koson tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Rasulova Sayyora Xolbekovna — Arnasoy tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

Raximov Abduxoshim Abdukarimovich — O‘zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Rahmatullayeva Mohira Turdaliyevna — Oqqo‘rg‘on qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Rozimova Gulxumar Xadjiyevna — Beruniy tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Samanova Ra’no Daniyorovna — Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Sattarova Adinaxon Mamadaliyevna — Bo‘z tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Siddiqova Sadoqat G‘afforovna — Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Talipova Farida Tishabayevna — Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun 2-internat uyi enagasi

Turdibekova Zamira Xametovna — Bekobod shahridagi 5-maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Toshkent viloyati

Turdiyeva Zilola Abdullayevna — Oltinsoy tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Tursunkulova Moxira Qudratovna — Mirzaobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Urinova Roba Solijanovna — Namangan shahridagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Usmonov Shuhrat Ziyodillayevich — Navbahor tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining mehnat ta’limi fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Xayitov Zafar Uzakovich — Navoiy davlat pedagogika institutining milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, Navoiy viloyati

Xamrakulov Rustam Shamshiyevich — Chilonzor tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi to‘garak rahbari, Toshkent shahri

Xodjayeva Dilafro‘z Izatilloyevna — Buxoro davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Hazratqulova Muborak Rajabovna — Kasbi tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Shadiyev Rizamat Davranovich — Qarshi davlat universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Sherov Abdurazoq Abdufatoyevich — So‘x tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

Shodiyeva Dilfuza Ibragimovna — Bektemir tumanidagi 293-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Egamberdiyev Atabek Ro‘zimovich — Hazorasp tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Ergasheva Dilfuza Tojiboyevna — Farg‘ona shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi enagasi, Farg‘ona viloyati

Yuldasheva Shoxida Baxtiyarovna — Toshkent tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Yusupov Abdumutalib — Andijon qurilish va transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Yusupova Viktoriya Viktorovna — Xiva shahridagi «Bolalar shaharchasi» tarbiyachisi, Xorazm viloyati

Yusupova Shahlo Sharifovna — Qiziltepa tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring