Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘rikzor»dagi mojaroda ishtirok etgan xodim soliq qo‘mitasidan emasligi ma’lum qilindi

«O‘rikzor»dagi mojaroda ishtirok etgan xodim soliq qo‘mitasidan emasligi ma’lum qilindi

Kuni kecha internetda «O‘rikzor» bozorida mijozlardan chek talab qilgani aytilgan xodim va tadbirkor o‘rtasidagi mojaro videosi tarqalgandi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, ushbu xodim qo‘mita vakili emas, balki  Uchtepa hokimiyati iqtisodiy bo‘limidandir.

U shaffoflik va vijdonli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda soliq organlariga yordam berish maqsadida mahalliy hokimiyatlar qoshida tashkil etilgan ijtimoiy guruhlar ishi doirasida harakat qilgan.

Ushbu o‘rganilmasdan tarqatilgan video soliq organlari xususida negativ qarashlar shakllanishiga sabab bo‘lgan.  

Soliq qo‘mitasi yolg‘on informatsiya va tuhmat uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tgan. Fuqarolardan shunday tushunarsiz holatlarda soliq organlarining ishonch telefonlariga murojaat etish so‘ralgan.

Avvalroq, DSQ mazkur voqea tushunmovchiliklar sabab yuz bergani va tashkilot fuqarolar uchun mutlaqo ochiqligini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring