Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ortiqxo‘jayev hamkasblarini «sotib qo‘ydi»

Ortiqxo‘jayev hamkasblarini «sotib qo‘ydi»

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent markazidagi «Moviy gumbazlar» restorani yaqinidagi xiyobonda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Bu yerda O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga  bag‘ishlab «Istiqlol» majmuasini barpo etilishi haqida tarqalgan xabarlar keng jamoatchilik e’tirozlarini keltirib chiqargan edi.

Shundoq ham shaharlarda daraxtzor xiyobonlar kamayib borayotgan vaqtda bu yashil hududning ham qurilishlar maydoniga aylanishi xavfi ko‘pchilikka yoqmasligi tayin edi. 

Ushbu holat bo‘yicha izoh berish uchun hokim jamoatchilik bilan uchrashdi va unda Ortiqxo‘jayev qaysidir ma’noda o‘z hamkasblarini «sotib qo‘ydi».

– Agar bu yerda o‘sha majmua qurilsa, 100 yillar davomida bu parkka hech kim tegmaydi. Men hozir shahar hokimiman. Bu bog‘ni saqlab qolishim mumkin. Ammo men ketganimdan keyin keladigan hokim bu joyni mehmonxona qurilishiga berib yuboradi. Shuning uchun mustaqillik ramzi shu yerda qurilishi kerak. Agar bog‘dagi bir dona daraxt kesilsa, men o‘sha kuniyoq ariza yozib lavozimimdan ketaman, – dedi J. Ortiqxo‘jayev.

Bu gaplardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, hokimlar bo‘sh yerlarni, xiyobon va parklarni istalgan paytda kimgadir uy yoki mehmonxona qurilishi uchun berib yuborishi mumkin. Aslida buni shu kunlarda ham ko‘rib turibmiz, lekin hokimning ushbu «iqrori» vaziyatga real baho bo‘ladi. Shunday emasmi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring