Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo chempionati: besh bokschimiz finalda!

Osiyo chempionati: besh bokschimiz finalda!

Lazizbek Mullajonov

Bugun, 10-noyabr kuni Iordaniyada boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarimfinal bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Avvalroq hindistonlik bokschilarni yenggan Saidjamshid Ja’farov (-75 kg)  va Lazizbek Mullajonov (+92 kg), mo‘g‘ulistonlik raqibidan ustun kelgan Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg)lar finalga yo‘llanma olishgandi.

Finalchilarimiz ko‘paymoqda: keyingi janglarda Abdumalik Xalakov va Ruslan Abdullayevlar ham o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Ajoyib harakatlari bilan Osiyo chempionatini gullatayotgan Abdumalik Xalakov (-57 kg) final yo‘llanmasi uchun jangda mo‘g‘ulistonlik Lunda Gantumurni mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘tgan yilgi O‘zbekiston chempionatida eng yaxshi bokschi deb topilgan Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) esa yarimfinal bahsida Xitoy Taypeyi vakili Lai Chu-Enni musobaqadan chiqarib yubordi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring