Osiyo chempionlar ligasi: «Nasaf» ayollar jamoasi finalda

Kecha, 31-avgust kuni ayollar klublari o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining yakuniy saralash bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Xabar berganimizdek, saralashning «B» guruhiga Qarshi shahri mezbonlik qildi. Kecha «Nasaf» jamoasi guruhdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
«Qarshiliklar»ga bu gal Tailandning amaldagi chempioni «College of Asian Scholars» klubi raqiblik qildi. Uchrashuv 2:1 hisobi bilan maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarga «Nasaf» jamoasidan Diyora Habibullayeva va Lyudmila Karachik mualliflik qildi. Tailand klubining yagona javob goli Orapin Vayenggoyen hisobiga yozildi.
Shu tariqa Vladislav Xan boshchiligidagi klub Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining final bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu musobaqa o‘yinlari 11-sentyabrdan start oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter