Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osmondagi yulduzlar kamaymoqda

Osmondagi yulduzlar kamaymoqda

Foto: Freepik

Olimlarning kuzatuvlariga qaraganda, odamlarga tunda ko‘rinuvchi yulduzlar soni tobora kamayib ketyapti. Gap shundaki, osmon yiliga 7-10 foiz yorishib bormoqda.

Tadqiqotchilar 50 mingdan ortiq mustaqil olimning 2011-yildan 2022-yilga qadar kuzatuvlarini tahlil qilishdi. Ular «yulduzlarning shahar sharoitida yashovchi odamlarga ko‘rinmas bo‘lib borish sur’ati juda yuqori»ligini ta’kidlashdi. Bu tungi osmon yorqinlashib borayotgani bilan izohlanadi. Osmonning yorishish darajasi yiliga Yevropada +6,5 foiz, Shimoliy Amerikada +10,4 foizga o‘smoqda.

Shu ketishda 250 ta yulduz ko‘rinadigan joyda tug‘ilgan bola 18 yoshga to‘lganida osmonda faqat 100 ta yulduzni ko‘radi, deya xulosa qilishdi olimlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring