OTMlar bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Natijalarni 3 xil yo‘l bilan bilish mumkin.
Birinchisi — my.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish kerak.
Ikkinchisi — mandat.uzbmb.uz sayti orqali. Bunda mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritiladi.
Uchinchisi — test natijalari qaydnomasi orqali. Bunda test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter