Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi (foto)

O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi (foto)

Bugun, 22-dekabr kuni O‘zbekiston birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayt etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordam yuki ortilgan to‘qqizta maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Afg‘onistonning Xayraton shahriga jo‘natilgan.

Shu munosabat bilan Balx viloyati Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring