Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston bilan chegaralarimiz aniq, faqat rasmiylashtirish qolgan» – Japarov

«O‘zbekiston bilan chegaralarimiz aniq, faqat rasmiylashtirish qolgan» – Japarov

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov ikki kundan buyon davom etayotgan qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli mojaro yuzasidan munosabat bildirib, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

«Afsuski, Botken diyorimizda notinch voqea – qurol ishlatish, qon to‘kish bilan yakunlangan mojaro takrorlandi.

Qirg‘iz-tojik chegarasi hududlarida sodir bo‘lgan ushbu qurolli to‘qnashuvda hamyurtlarimiz halok bo‘ldi.

Vatanimiz chegarasida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oila a’zolari, ota-onalari va aka-ukalariga chuqur hamdardlik bildiraman.

Marhum akalarimiz Vatan sarhadlarining har bir kvadrat metrini ham qo‘riqlashdek muqaddas burchni ado etish chog‘ida halok bo‘ldi.

Yaratgan joylarini jannatdan qilsin! Ularning oilalariga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilishga va’da beraman.

Aziz birodarlar, halok bo‘lgan har bir yurtdoshimiz butun qirg‘iz fuqarolarining faxrli o‘g‘il-qizlaridir.

Shunday ekan, xalqimizni yanada jasoratli bo‘lishga chaqiraman. Afsuski, qurolli to‘qnashuvlarda ko‘plab insonlar halok bo‘lmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda o‘q yomg‘iridan qochmagan mard chegarachilarimizning jasorati, dushman hujumini qaytarishda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun minnatdorchilik bildiraman», – deb yozadi Sadir Japarov o‘zining Feysbuk sahifasida.

U, shuningdek, chegaradagi vaziyat ortidan Tojikiston tomonidan ham odamlar jabrlanganini qayd etib o‘tadi.

«Ushbu qurolli to‘qnashuvda faqat bizning fuqarolarimiz halok bo‘lmadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston tomoni katta yo‘qotishlarga uchragan.

Hurmatli birodarlar, o‘tmish tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, chegara nizolari bilan bog‘liq barcha holatlar o‘z yechimini topmay kelayotganiga, chegara nizolari yana boshqa nizolarni boshlab kelganiga guvoh bo‘lib kelyapmiz.

Vaholanki, har qanday holatda ota-bobolarimizdan meros qolgan yerning biror kvadrat metrini ham boshqalarga bermaymiz», – deydi Japarov.

Qirg‘iziston prezidenti ayni paytda chegara muammosi tojik tomoni bilan sodir bo‘layotgani, ushbu masalani hal qilish kun tartibidagi masala ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek, u O‘zbekiston bilan chegaralar allaqachon hal qilinganini ham qistirib o‘tgan.

«O‘zbekiston Respublikasi bilan barcha chegara liniyalarimiz aniqlangan, ularni qog‘ozga tushirish va rasmiylashtirish qolgan.

Qirg‘iz-tojik chegarasini aniqlashtirish masalalari esa kun tartibida.

Tarix tasdiqlaganidek, chegara masalasi juda ehtiyotkorlik va sabr-toqat talab qiladigan murakkab masala.

Biroq qirg‘iz-tojik chegarasini tezda hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizda bir daqiqa ham to‘xtab qolmaymiz», – deb yozadi prezident Japarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring