Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Braziliyaning «Globo» telekanali nigohida

O‘zbekiston Braziliyaning «Globo» telekanali nigohida

Braziliyaning «Globo» telekanalida O‘zbekiston hamda o'zbekistonlik futbol muxlislari haqida lavha efirga uzatildi. 

«Globo» — portugal tilida yuritiladigan dunyodagi birinchi yirik telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘lib, Braziliyaga tegishli. Televideniye 1965-yil 26-apreldan doimiy tarzda faoliyat yuritmoqda.

«O‘zbekistondan jahon chempionatiga qadar» deb nomlangan lavhada delegatsiyamizning mamlakatimizdan Qatargacha Qozog'iston, Ozarbayjon, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan o‘tgani, sayohat davomida turizm targ'iboti borasida amalga oshirilgan ishlar va bevosita jahon chempionatidagi esda qolarli voqealar haqida so‘z borgan. Shuningdek, jurnalist Edson Viana delegatsiya rahbari Abdurahmon Fozilov hamda bloger, sportchi, gimnastika ustasi Asal Saparbayevalarga ham alohida to‘xtalgan.

«Ular uchun jahon chempionati shunchaki futbol emas, ajoyib sarguzasht va targ'ibot bo‘ldi. O‘zbekiston bayrog'ini qo'lidan tushirmagan bu yigitlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlarini joylab bordi», — deyiladi Abdurahmon Fozilov va delegatsiya haqida. 

Bloger Asal Saparbayeva esa taniqli sport ustasi sifatida ta'kidlangan. 

«Ushbu gimnastika ustasi katta mahoratga ega. U qayerga bormasin, nozik harakatlari va kutilmagan ko‘rinishlari bilan O‘zbekistonni butun dunyoga targ'ib qilib kelmoqda», — deyiladi lavhada. 

Qolaversa, ko‘rsatuvda delegatsiya a'zolarining liboslari, ular tomonidan tarqatilgan sovg'alar va avtomashinalarda ham O‘zbekiston logotiplari aks etganiga ham e'tibor qaratilgan. Lavha yakunida boshlovchi o‘zi ham bunday sahoyatni orzu qilishini alohida qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring