Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston» mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

«O‘zbekiston» mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, «O‘zbekiston» mehmonxonasi kompleksini sotish bo‘yicha ochiq tanlov savdolari o‘tkazilmoqda. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

«O‘zbekiston» mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974 yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni ko‘rinib turadi. Ko‘p qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli bo‘lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan.

Mehmonxonaning arxitekturasi o‘zida zamonaviy, Yevropa uslublarining milliylik bilan uyg‘unligini mujassamlashtiradi. Bu yerda Yevropa standarlariga to‘liq rioya etilgan holda, ammo sharq an’analarini unutmagan holda xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ma’lum qilinishicha, tanlov predmetining boshlang‘ich bahosi 33 million AQSh dollari etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring