O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2021-yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 39,5 mln.
- Koreya – 30,4 mln.
- Rossiya – 22,1 mln.
- Tailand – 6,6 mln.
- Germaniya – 3,3 mln.
- Polsha – 3,1 mln.
- AQSh – 2,8 mln.
- Yaponiya – 1,8 mln.
- Qozog‘iston – 1,7 mln.
- Litva – 1,1 mln.
Shuningdek, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSh dollari sarflangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter