Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi — Osiyo kubogi saralashi

O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi — Osiyo kubogi saralashi

Foto: UFA

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi «E» guruhi 2-turi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Olimpiya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Bishkekdagi o‘yinda 2:2 hisobidagi jangovor durang qayd etildi.

O‘yinning 14-soniyasidayoq Beknaz Almazbekov hisobni ochdi (1:0). Oradan o‘n daqiqa o‘tib Rustam Turdimurodov muvozanatni tikladi (1:1). 42-daqiqada Behruzbek Askarov O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi (1:2), 56-daqiqada Arsen Shershenbekov hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Hozirda har ikki jamoaning hisobida 4 ochkodan bor. Biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra O‘zbekiston guruh yetakchisi bo‘lib turibdi.

Osiyo kubogi saralash bosqichi, «E» guruhi 2-tur

Qirg‘iziston — O‘zbekiston 2:2

Gollar: Beknaz Almazbekov (1), Arsen Shershenbekov (56) — Rustamov Turdimurodov (11), Behruzbek Askarov (42).

O‘zbekiston (U-23) jamoasi keyingi o‘yinni 9-sentyabrda Falastinga qarshi o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring