Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Belarus AKT sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Belarus AKT sohasida hamkorlik qiladi

Foto: «mpt.gov.by»

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan Belarus mamlakatida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019-yil 31-iyul – 1-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Shuningdek, 29-iyul-2-avgust kunlari Minsk shahrida O‘zbekiston-Belarus mintaqalararo forumi va «Made in Uzbekistan» sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ushbu ko‘rgazmada AKT vazirligining stendi ham namoyish etiladi.

«BELTA» nashri xabar berishicha, O‘zbekiston va Belarus axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. Ushbu masala kecha, 29 iyul kuni Belarus aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan hamda O‘zbekiston AKT vaziri Shuhrat Sodiqov o‘rtasida kechgan muzokaralar davomida muhokama etilgan.

Foto: «mpt.gov.by»

Tomonlar aloqa va axborotlashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi, shuningdek, vazirliklar o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim loyihasini kelishib olishdi. Ushbu hujjat 1-avgust kuni ikki mamlakat prezidentlari ishtirokidagi marosimda imzolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring