Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qatar yaqin orada mehnat migratsiyasiga doir hamkorlik shartnomasini imzolamoqchi

O‘zbekiston va Qatar yaqin orada mehnat migratsiyasiga doir hamkorlik shartnomasini imzolamoqchi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi va Qatarning «Jusour» bandlik agentligi rahbariyatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda Qatar tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha  hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanligini va turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidlagan.

«O‘zbekiston Qatar davlati uchun har sohada strategik hamkor mamlakat hisoblanadi. Shu bois yurtingizdan malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ham katta rejalarimiz bor», – deydi Qatarning «Jusour» bandlik agentligi rahbari Abdulhodiy Bihayt Barqon.

Uchrashuvda ikki tomon ushbu imkoniyatlardan foydalanib, O‘zbekiston fuqarolarini Qatar davlatida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hamkorlik shartnomasini tez kunlarda imzolashga kelishib oldi.

«Jusour» bandlik agentligi Qatar hukumatiga tegishli bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektorlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring