Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston XIV Moskva xalqaro kinofestivalida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston XIV Moskva xalqaro kinofestivalida ishtirok etmoqda

© Sputnik / Kirill Zikov / Mediabankka o‘tish

36 ta mamlakatdan 800 tadan ortiq ariza kelib tushgan XIV “Budem jit” kinofestivalida tanlov dasturiga 9 ta mamlakat qatorida O‘zbekiston filmi ham kiritildi

"Oktyabr" kino markazida "Budem jit" XIV Moskva xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

2025 yilda festival Vatan himoyachilari yili va Buyuk G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, 28 sentyabrgacha davom etadi.

Kinoko‘rik dasturiga zamonaviy rus va xorij rejissyorlarining asarlari kiritilgan. Festivalda ishtirok etish uchun 36 mamlakatdan 800 dan ortiq ariza kelib tushdi, ulardan tanlov dasturiga 9 mamlakat, jumladan, Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Bolgariya, Armaniston, AQSh va Xitoydan 39 ta film tanlab olindi.

Kino namoyishining asosiy mavzusi motivatsion kino bo‘ldi. Festival tadbirlari "Oktyabr," "Sinema Park Mosfilm" kinoteatrlari, "Eldar" kinomarkazi, S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti, Kichik Ordinkadagi teatr va Zamonaviy san’at instituti art-markazida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring