Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Alpomish» va «Barchinoy» musobaqalari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda «Alpomish» va «Barchinoy» musobaqalari o‘tkaziladi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi muhim vazifalar belgilib berildi. Aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullantirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim muassasalaridagi sport ob’yektlaridan barcha yoshdagi odamlarning foydalanishi tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

– Biz xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta e’tibor berishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, joylardagi bo‘sh turgan xususiy ob’yektlar negizida aholini ommaviy sportga jalb qilish uchun imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sport markazlarini tashkil etish talab etiladi.

Shu bois Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar bilan birgalikda ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari hamda bo‘sh turgan ob’yektlarda sport seksiyalarini ochish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rishi zarurligi ta’kidlandi.

Tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida sport musobaqalari sonini keskin ko‘paytirish, g‘olib va sovrindorlarni Yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan pullik mukofotlar bilan rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Aholi, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb qilish uchun “Alpomish” va “Barchinoy” testlarini musobaqa tarzida o‘tkazishni hamda uch darajadagi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlashni joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring