Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda aviaspottingga ruxsat berildi

O‘zbekistonda aviaspottingga ruxsat berildi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 yanvardagi «Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 43-son qarori qabul qilindi.

Qaror O‘zbekistonning ijobiy imiji, turistik salohiyati va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, mamlakat aeroportlari va aviakompaniyalarini dunyo jamoatchiligiga tanitish maqsadida qabul qilindi.

2022 yil 1 maydan boshlab:

aviaspottingga ruxsat berildi — belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olish amalga oshiriladi;

mahalliy va xorijiy havaskorlar hamda professional aviaspotterlar uchun har choraklik mavsumiy tanlovlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, respublikadagi barcha xalqaro aeroportlar hududida ularning boshqaruv shaklidan qat’i nazar, shuningdek, ularga tutash hududlarda parvozlar xavfsizligi talablari, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalari va ilg‘or xorijiy tajriba hisobga olingan holda, aviaspotting mashg‘ulotlari uchun ixtisoslashtirilgan joylar (keyingi o‘rinlarda — kuzatish maydonchalari) bosqichma-bosqich ajratiladi.

Xalqaro aeroportlar hududida kuzatish maydonchalarini tashkil qilish va jihozlash ishlari aeroportlarning o‘z moliyaviy resurslari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar, ularga tutash hududlarda esa - xususiy sektor jalb qilingan holda mahalliy budjetlar mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2022 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring