Toshkentda aviaspotter bolalar IIBga tutib ketildi

Toshkent shahri Sergeli tumanida samolyotlarni suratga oluvchi fotograflar (aviaspotterlar) IIB xodimlari tomonidan huquq-tartibot idoralariga olib ketilgani aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 6 nafar fotohavaskor bolalar Sergeli tumani Qumariq mahallasidagi 222-sonli tayanch punktga olib ketilgan. Ularning fotografiya uskunalari olib qo‘yilgan.
Bolalar IIB xodimlarining ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotganini yozishmoqda.
Hozircha mazkur holat bo‘yicha rasmiy tushuntirish berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining «Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan va unda 1 maydan boshlab O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarda aviaspotting – belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek, ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olishga ruxsat berilgan edi.
Mazkur hujjat matnida qarorning «O‘zbekistonning ijobiy imiji, turistik salohiyati va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, mamlakat aeroportlari va aviakompaniyalarini dunyo jamoatchiligiga tanitish maqsadida» qabul qilingani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter