Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi bor xalqaro robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda birinchi bor xalqaro robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi «INNOWEEK» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 23-26-oktyabr kunlari birinchi bor Xalqaro robototexnika musobaqasi «International Robotics Challange»ni (IRC) o‘tkazadi. Mazkur musobaqa «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 2 xil yosh kategoriyalari: 16 yoshgacha (U16) va 16 yoshdan kata (16+) mavjud bo‘lib, har bir yosh kategoriyasida bir nechta yo‘nalishlar mavjud.

U16 yosh kategoriyasidagi musobaqalar yo‘nalishlari:

- Lego sumo

- Lego short track

- Arduino sumo

- Mahalliy konstruktor yordamida o‘tkaziladigan musobaqa.

16+ yosh kategoriyasidagi musobaqalar yo‘nalishlari:

- Arduino sumo

- Mahalliy konstruktor yordamida o‘tkaziladigan musobaqa.

IRC barcha qatnashchilar uchun ochiq. Har bir musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni cheklangan. Ro‘yhatdan o‘tgan jamoalar ekspertlar guruhi tomonidan saralab olinadi. Har bir jamoada eng ko‘pi bilan 3 nafar a’zo bo‘lishi mumkin va ular o‘z yosh kategoriyasidagi barcha musobaqalarda qatnashishlari mumkin.

Musobaqa qatnashish istagida bo‘lganlar  www.innoweek.uz sayti orqali ro‘yhatdan o‘tishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring