O‘zbekistonda yer silkinishi kuzatildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 30-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:54 da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila markazi Toshkent shahridan 360 km. uzoqlikda janubiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida kuzatilgan.
Zilzila magnitudasi markazda 5,8 ballni tashkil etdi. Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farg‘onada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qashqadaryoda 2 ball, Surxondaryoda 2-3 ballni tashkil etdi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter