Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

2020-yil 21-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 (+11) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 5 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) orasidan qayd etildi.

Ayni paytda yurtimizda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 565 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring