Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda litsenziyalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi organlar soni ko‘paydi

O‘zbekistonda litsenziyalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi organlar soni ko‘paydi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq litsenziyalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi organlar kengaytirildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan bir qator faoliyat turlari boshqa organlarga o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Xususan:

  • portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish;
  • ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish sohasidagi faoliyat;
  • qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash – yangi litsenziyalovchi organ «Sanoatgeokontexnazorat»davlat inspeksiyasi tomonidan;
  • neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish;
  • neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno. (Neft mahsulotlarini AYoQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari);
  • magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashni litsenziyalash – yangi litsenziyalovchi organ «O‘zdavneftgazinspeksiya» tomonidan;
  • pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilishni litsenziyalash – endilikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan;
  • geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi noshirlik faoliyatini litsenziyalash – O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Turizm (turoperator) faoliyatini litsenziyalash esa Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Turizmni rivojlantirish departamentlari tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari ushbu faoliyatni faqat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi litsenziyalagan.

Veterinariya faoliyatini litsenziyalash endilikda nafaqat Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari tomonidan ham amalga oshiriladi.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash vakolati Davlat raqobat qo‘mitasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring