O‘zbekistonda muddatidan ilgari Prezident saylovi o‘tkaziladi
Muddatidan ilgari Prezident saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmon imzolandi. Bu haqda bugungi yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbarining qayd etishicha, ushbu hujjatni yangilangan Konstitutsiyaning 128-moddasida nazarda tutilgan vakolatidan foydalanib imzolagan.
Shuningdek, bugun yangilangan Konstitutsiyani hayotga joriy etish, ijrosini ta’minlash uchun uning mazmun-mohiyatini xalq o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha aniq vazifalarni nazarda tutuvchi yana bir farmon imzolangan.
Yig‘ilishda Bosh qonunning har bir bandi va moddasini jamiyat, ayniqsa, yoshlar uchun hayot qoidasiga aylantirish, bu borada ularning tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish, har bir mahalla, ta’lim maskani, tashkilot va korxonada chuqur o‘rganish maqsadida o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratish zarurligi ham ko‘rsatib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter