Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda notarial idoralar xodimlari soni keskin oshirildi

O‘zbekistonda notarial idoralar xodimlari soni keskin oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Aholining notarial xizmatlarga ehtiyojining oshganligi notarial idoralarda navbatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu muammoni yechish maqsadida Adliya vazirligi respublika bo‘yicha notarial idoralar xodimlari sonini 665 nafarga ko‘paytirdi.

Vazirlik matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, Adliya vazirining buyrug‘i bilan qo‘shimcha 146 ta notarius (ko‘payish – 20 foiz), 383 ta notarius yordamchisi (ko‘payish – 74 foiz) va 137 ta notarius kotibi (ko‘payish –15 foiz) shtat birliklari ta’sis etildi. Shuningdek, 69 ta yangi davlat notarial idoralari ochilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur qo‘shimcha shtatlarni sezilarli ravishda oshirishga vazirlik tashabbusi asosida Hukumat qarori bilan belgilangan notarial idoralarida xodimlar sonini belgilash mezonlari maqbullashtirilgandan keyin imkon yaratildi.

Yangi ta’sis etilgan notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonlar «Inson va qonun» gazetasi, Adliya vazirligining rasmiy sayti va «Huquqiy axborot» telegramm kanali orqali berib boriladi.

Mazkur tanlovlarda 25 yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik mutaxassislik bo‘yicha uch yillik ish stajiga ega, notarial idorada 1 yil stajirovka o‘tagan va malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin.

2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, sudya lavozimida besh yil yoki notarius yordamchisi lavozimida uch yil ishlagan shaxslarga notarial idorada stajirovka o‘tash talab qilinmaydi.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan barcha oliy ma’lumotli huqushunoslarni notarius lavozimlari uchun bo‘ladigan tanlovlarda ishtirok etishga taklif etamiz. Bugungi kunda notariuslar oylik lavozim maoshlari (barcha ustamalar va pullik xizmatlardan kelib tushadigan daromadlar bilan hisoblaganda, soliqlar to‘langandan so‘ng) 4 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatgich Toshkent shahrida 6 mln. so‘mni, Samarqand viloyatida 4 mln. so‘mni, Farg‘ona viloyatida 4,5 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu maosh miqdori notarial idora tomonidan ko‘satilgan xizmatlar hajmida kelib chiqib yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring