Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari to‘g‘risida alohida qonun qabul qilinadi

O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari to‘g‘risida alohida qonun qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasining «Pullik avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. 

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasining maqsadi yo‘l qurilishi sohasida davlat va xususiy boshqaruvni takomillashtirish, yo‘l sohasiga investitsiyalarni jalb etish, yo‘l xo‘jaligida xususiy sektor texnologiyalari, nou-xau, ko‘nikmalari va resurslarini o‘zlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek, pullik avtomobil yo‘llarini amaliy joriy etish uchun huquqiy mexanizmni yaratish hisoblanadi.

Bundan tashqari, pullik yo‘llarni amaliyotga joriy etish orqali:

  • tegishli tartibda ta’mirlash va muntazam ta’mirlash uchun to‘lovlarni yetarli miqdorda undirishda budjetga yukni kamaytirish;
  • yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish;
  • avtotransport vositalarining harakatini tezlashtirish;
  • umumiy yo‘llardagi yukni kamaytiradigan va transport vositalarining sig‘imini oshiradigan muqobil avtomobil yo‘nalishlarini yaratish;
  • baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish;
  • yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, pullik avtomobil yo‘llarining qurilishi muqobil bepul avtomobil yo‘li mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llar sifatini yaxshilash va eng maqbul tezlik rejimidan foydalanish avtotransport vositalarining yoqilg‘i sarfini taxminan 10-15 foizga kamaytiradi va harakatlanish vaqtini qisqartiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring