Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda qahva iste’moli oshmoqda

O‘zbekistonda qahva iste’moli oshmoqda

Illyustrativ foto

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvariyun oylarida O‘zbekiston 36 mamlakatdan qiymati 3,9 mln AQSh dollariga teng 431 tonna kofe import qildi.

Kofe importi 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 133 tonnaga oshgan.

2025-yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlatlar:

  1. Italiya — 125 tonna
  2. Braziliya — 81 tonna
  3. Vetnam — 39 tonna
  4. Rossiya — 35 tonna
  5. Germaniya — 31 tonna
  6. Litva — 28 tonna

Yuqoridagi top-oltilikdan faqat Braziliya va Vetnamda kofe yetishtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring