O‘zbekistonda qor qachon yog‘adi? Bir haftalik ob-havo ma’lumoti
Mart oyining katta qismi va aprel oyining boshida O‘zbekistonda issiq ob-havo kuzatildi va sovuq ortda qolib, issiq kiyimlarni uzoqroq olib qo‘ysa bo‘ladi deb ham o‘yladik.
Biroq sinoptiklar bahor yilning nafaqat juda go‘zal, balki ob-havo kutilmagan sovg‘alar ko‘rsatadigan juda injiq fasli deb bejiz ogohlantirmaydilar.
Shu haftada bizni ana shunday kutilmagan sovg‘alardan biri kutmoqda.
7-9 aprelda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, 8 aprelda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va 9 aprelda ertalab ayrim joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.
8-9 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Kunduzgi harorat 8-9 aprel kunlari pasayib 5-10 darajani, 9-10 aprelda kechasi 0-5 darajani, ayrim joylarda 1 daraja sovuqni tashkil qilishi kutilmoqda.
Har doim bahorda kuzatilganidek, bunday sovuq davr uzoq davom etmasligi lozim. Kunduzi 9 aprelda yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda. 10 aprelda esa butun respublika hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tib, kunduzgi harorat ko‘tarilishi mumkin. 11 aprelda harorat 17-22 darajagacha isishi kutilmoqda.
Keyinchalik bizni yana yog‘ingarchilikli davr kutmoqda, lekin unda harorat foni bunday past bo‘lmasligi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter