Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda havo sifati sezilarli darajada yaxshilandi

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda havo sifati sezilarli darajada yaxshilandi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda atmosfera tozaligi ijobiy tomonga o‘zgarayotgani sezilmoqda. Havoning tozaligi, chang va tutunning kamayishi ayniqsa bugun, 28 dekabr sezildi

Mazkur ma’lumotni «O‘zgidromet» ham tasdiqladi. Tashkilot xabariga ko‘ra, 2025-yilning 28-dekabr kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi: 

- PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 74 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi; 

-PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 27 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) oshmadi. 

Buning sabablaridan biri difatuda ekologiyani yaxshilashga qaratilgan ishlar deyish mumkin. Avtomobil chiqindilarini kamaytirish, issiqxonalarga filtr o‘rnatish kabi tashabbuslar tabiatni muhofaza qilishga xizmat qilmoqda. 

Endi eng muhimi — bu ishlarni davom ettirishdir. Har bir fuqaro atrof-muhitga befarq bo‘lmasdan, tabiatni asrashga hissa qo‘shsa, ekologik tozalik yanada mustahkamlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring