O‘zbekistonda tahsil: eng ko‘p hindlar va turkmanlar kelmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarosi tahsil olish uchun O‘zbekistonga kelgan.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 17,3 foizga oshgan.
Yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Hindiston — 2 780 nafar;
- Turkmaniston — 2 622 nafar;
- Tojikiston — 1 145 nafar;
- Xitoy — 459 nafar;
- Janubiy Koreya — 381 nafar;
- Pokiston — 348 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 263 nafar;
- AQSh — 232 nafar;
- Afg‘oniston — 167 nafar;
- Turkiya — 161 nafar;
- Boshqa davlatlar — 988 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter