O‘zbekistondagi korxonalarning har uchinchisi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yilning 1-yanvar holatiga 474,9 mingtaga yetdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
- Savdo sohasida — 153 370 ta
- Sanoat sohasida — 59 520 ta
- Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 34 881 ta
- Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 30 374 ta
- Qurilish sohasida — 30 343 ta
- Tashish va saqlash sohasida — 17 245 ta
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 14 283 ta
- Axborot va aloqa sohasida — 11 901 ta
- Boshqa sohalarda — 122 982 ta
Statqo‘m avvalroq bergan xabarga ko‘ra, 474,9 mingta korxona va tashkilotning 403,8 mingtasi yoki 85 foizi — kichik korxona va mikrofirmalar.
Korxona va tashkilotlar eng ko‘p faoliyat yuritayotgan hududlar: Toshkent shahri (108 678 ta), Toshkent (46 479), Samarqand (41 091), Farg‘ona (37 846) va Qashqadaryo (30 424) viloyatlari.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter