Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning MDHda raisligi konsepsiyasi e’lon qilindi

O‘zbekistonning MDHda raisligi konsepsiyasi e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning 2020-yilda MDHdagi raisligi konsepsiyasini e’lon qildi.

O‘zbekistonning raisligi MDHni yanada rivojlantirish konsepsiyasi hamda tashkilot doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan rejalar va dasturlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida Davlat rahbarlari kengashida, Hukumat rahbarlari kengashida, Tashqi ishlar vazirlari kengashida, Iqtisodiy kengashda va Hamdo‘stlikning boshqa tuzilmalari huzuridagi a’zo davlatlarning doimiy vakolatli vakillari kengashida, MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyada ham raislik qiladi.

«O‘zbekistonning raisligi MDHning asosiy hujjatlariga muvofiq tarzda vorislik tamoyilidan kelib chiqadi va rivojlanishning jadal dinamikasini, ishtirokchi davlatlar xalqalarining farovonligini va hayot sifatini yuksaltirishni ta’minlash maqsadida birinchi galda tashkilot ishtirokchi davlatlarining tenglik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va hisobga olishga asoslangan sherikchilik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi» deyiladi konsepsiyada.

2019-yilning oktyabr oyida Turkmanistondagi Davlat rahbarlari kengashi majlisida MDH raisligi O‘zbekistonga o‘tgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring