Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik xonandaga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekistonlik xonandaga sud hukmi o‘qildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonlik xonanda jiddiy ayblov bilan qamoqqa olingani xabar qilingandi. Yaqinda uning ishi sudga oshirilgani ma’lum bo‘lgandi.

Oliy sud axborot xizmati xabar berishicha, bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida sudlanuvchilar J. U., A. Z., Sh. Q. ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmiga ko‘ra:

J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;

A. Z. Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;

Sh. Q. Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi va 241-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atiga apellyasiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring