Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 11 oyda 240 tonna avokadoni «paqqos tushirgan»

O‘zbekistonliklar 11 oyda 240 tonna avokadoni «paqqos tushirgan»

Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga import qilingan avokado hajmi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, hisobot davrida jami 239,4 tonna avokada mamlakatga import qilingan. Avokado importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda esa 139,5 tonnaga oshgan.

2022-yilning 11-oyida O‘zbekiston eng ko‘p avokado import qilgan davlatlar:

Isroil – 82 tonna

Turkiya – 66 tonna

 Qozog‘iston – 35 tonna

Xitoy – 31 tonna

Rossiya – 13,6 tonna.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 184,3 tonna avokado import qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring