O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p borayotgani ma’lum bo‘ldi (top-10)

2025-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonning 4,3 mlndan ziyod fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ta’kidlanishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 954,4 ming nafarga yoki 28,2 foizga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida chet elga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni mamlakatlar kesimida:
- Qirg‘iziston — 1 918 904 nafar
- Qozog‘iston — 799 429 nafar
- Tojikiston — 754 123 nafar
- Rossiya — 274 356 nafar
- Saudiya Arabistoni — 151 705 nafar
- Turkiya — 141 753 nafar
- BAA — 82 587 nafar
- Misr — 38 081 nafar
- Vetnam — 22 762 nafar
- Xitoy — 20 484 nafar
- Boshqa davlatlar — 132 339 nafar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter