Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan 6 oyda 44,4 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan 6 oyda 44,4 mlrd dollarga yetdi

2025-yil yanvar-iyul oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 44,4 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar-iyuliga nisbatan 7 376,4 mln AQSh dollariga yoki 19,9 foizga ko‘paydi.

TSAda eksport hajmi 20 mlrd 108,9 mln AQSh dollariga (2024 yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 34,9 foizga o‘sdi) va import hajmi 24 mlrd 292,3 mln AQSh dollari (9,9 foiz o‘sish)ga yetdi. Hisobot davrida - 4 mlrd 183,5 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston jahonning  197 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi XXR (18,2 foiz), Rossiya (16,1 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) xissasiga to‘g‘ri keldi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 75,9 foiz ni tashkil etib, unda asosan sanoat tovarlari (11,1 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,5 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,8 foiz) hamda mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar (4,4 foiz) hissasi yuqori bo‘ldi.

Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya (12,3 foiz), XXR (5,5 foiz), Qozog‘iston (4 foiz), Afg‘oniston (3,7 foiz), Turkiya (3 foiz), Fransiya (2,6 foiz), BAA (1,8 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (1,6 foiz), Tojikiston (1,4 foiz) va Pokiston (1,2 foiz) kabi davlatlar bo‘ldi. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 37 foizni tashkil etdi.

Ushbu davrga kelib import hajmi 24 mlrd 292,3 mln AQSh dollariga yetdi va 2024 yilning mos davriga nisbatan 9,9 foizga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,3 foiz), sanoat tovarlari (16,0 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,8 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi. Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyul oyida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 569,2 mln AQSh dollariga ko‘paydi va 21 mlrd 778,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 2 mlrd 513,5 mln AQSh dollariga yetdi.

Mazkur 6 oyda O‘zbekiston 163 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar, jumladan, XXR (28,7 foiz), Rossiya (19,3 foiz), Qozog‘iston (7,6 foiz), Turkiya (4,1 foiz), Koreya Respublikasi (3,9 foiz), Germaniya (2,8 foiz) va Hindiston (2,6 foiz) jami importning 2/3 qismini tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring