Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rildi

«O‘zbekneftgaz»: Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘rildi

«O‘zbekneftgaz» AJ va tizimdagi korxonalar tomonidan 2022-2023 yil kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish yo‘nalishida bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, 24/7 rejimda navbatchilik tashkil qilinib, barcha ishlar nazoratga olingan.

Jamiyatga qarashli gazni qayta ishlash zavodlarida 10 ta tabiiy gaz tarkibidan propan-butan aralashmalari ajratib olish bilan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari mavjud. Qurilmalar Muborak gazni qayta ishlash zavodi,

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Gazli gazni qayta ishlash zavodlarida joylashgan.

Kuz-qish mavsumida ishlab chiqarish ob’yektlarini betalofat va barqaror ishlatish uchun siquv kompressor stansiyalarida 13 dona gazturbinali dvigatellarni ta’mirlash va 73 ta reglament ishlari bajarildi. 223 ta gazni tayyorlash va qayta ishlash texnologik qurilmalarda rejali kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida, Muborak gazni qayta ishlash zavodidagi 2022 yilning o‘tgan davrida siquv kompressor stansiyasining 2 dona NK-16-18STD rusumli gazoturbinali dvigatellari «KMPO» AJda (Rossiya) kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Qurilmalardagi mavjud turbodetander agregatlarini barqaror ishlatish uchun «Maxsusenergogaz» AJ va Ukrainaning «Turbogaz» kompaniyasi mutaxassislarini jalb qilgan holda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi olish qurilmasi 1- navbatidagi texnologik uskunalarni texnik diagnostikadan o‘tkazish ishlari bajarildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish maqsadida bir qator tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, ularga ko‘ra Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida loyiha asosida ishga tushirilgan 47 km uzunlikdagi gaz quvurini to‘liq quvvatlar bilan ishlatish va boshqarmada suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni 40-50 tonnaga oshirishga erishildi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuning bilan birgalikda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlariga uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun, «Hududgazta’minot» AJ bilan birgalikda filiallariga suyultirilgan gazni yuklab berish ishlari tashkil etilib doimiy nazorat ostiga olingan.

Respublika iste’molchilarini kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 sentyabrdagi 522-son qaroriga muvofiq «Hududgazta’minot» AJga 2022 yil oktyabr – 2023 yil mart oylarida 314,4 ming tonna, har oyda 52,4 ming tonnadan yetkazib berish jadvallari ishlab chiqilib, ushbu jadval asosida uzluksiz yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga qadar «O‘zbekneftgaz» AJ tarmoq korxonalari tomonidan joriy yil 25 oktyabr holatiga 553,0 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi (rejaga nisbatan 104,4%) va 494,4 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti «Hududgazta’minot» AJ orqali aholi va ijtimoiy soha ob’yektlari uchun yetkazib berildi (rejaga nisbatan 100,0%).

2022 yil yakuni bilan 670 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, shundan aholi va ijtimoiy ob’yektlarga 616,4 ming tn suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Mavsumda jami 328,2 ming tn, shundan 2022 yilning oktyabr-dekabr oylarida 156,9 ming tn va 2023 yil yanvar-mart oylarida 171,3 ming tn suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» AJ va tizimdagi barcha boshqarma, korxona va zavodlar, neft bazalari 2022/2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring