Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havo qachon salqinlashishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda havo qachon salqinlashishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda kutiladigan o‘n kunlik ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, joriy haftaning ikkinchi yarmida respublikada harorat pasaya boshlaydi. 

Respublika shimolida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13-avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13 avgustda 18-23°, 14-20 avgustda 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 avgustda 19-24°, 16-20 avgustda 17-22°, kunduzi 13-14 avgustda 34-39°, 15-20 avgustda 32-37° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzaxda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-15 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, 16-20 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.

Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-15 avgustda kechasi 21-26°, kunduzi 36-41°, 16-20 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.

Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39°, 14-15 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, 16-20 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring