Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» shoshilinch ogohlantirish e’lon qildi

«O‘zgidromet» shoshilinch ogohlantirish e’lon qildi

Joriy yilning 5-9 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida.

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on tumanlarida.

Samarqand viloyati: Urgut, Samarkand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida.

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida.

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida.

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bustonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent, Bekobod tumanlarida.

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida.

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida.

Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.

«Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring