Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» Navoiy viloyatidagi bir qator loyihalarda ishtirok etmoqda

«O‘zmilliybank» Navoiy viloyatidagi bir qator loyihalarda ishtirok etmoqda

O‘tgan hafta «O‘zmilliybank» AJ tomonidan OAV vakillari uchun Navoiy viloyatiga press-tur tashkil etildi. Jurnalistlar safar davomida Navoiy shahri Karmana tumani «Yoshlik» MFY manzilida joylashgan o‘quv markazi bo‘ldilar.

«Karmana Profstroy» MChJ ga qarashli o‘quv markazi faoliyati «O‘zmilliybank» AJ bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 1 mlrd. 120 mln. so‘mni tashkil etadi. Shundan Bank tomonidan ajratilgan 920 mln. so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i evaziga o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish maqsadida zarur jihozlar sotib olingan.



Shundan so‘ng Press-tur ishtirokchilari Navoiy viloyati, Qiziltepa shahri, «O‘zbekiston» MFY manzilida joylashgan «Bo`ston Gumbazi» MChJ ga qarashli mehmonxona faoliyati bilan tanishdilar.

Aholiga sifatli mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan ushbu maskan loyihasining umumiy qiymati 1 mlrd. 195 mln. so‘mni tashkil etadi. Shundan «O‘zmilliybank» AJ tomonidan ajratilgan kredit summasi 500 mln. so‘mni tashkil etadi. Bugungi kunda mazkur mehmonxonada 5 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Navbatdagi manzil Navoiy viloyati, Zarafshon tumani, «Navro‘z» MFY manzilida joylashgan non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona bo‘ldi.

«Premium Service Zarafshan» MChJ ga qarashli mazkur korxona loyihasining umumiy summasi 639 mln. so‘mni tashkil etadi. Shundan «Yoshlar - kelajagimiz» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 439 mln. so‘m kredit summasi ajratilgan.

Bugungi kunda mazkur korxonada 10 ga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlangan bo‘lib, korxona yiliga 100 mln. so‘mlik non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.



Navbatdagi manzil viloyatning Uchquduq tumanida joylashgan «Shaxzodbek Platinum Plus» MChJ bo‘ldi. Mazkur korxona «O‘zmilliybank» AJ bilan hamkorlik qilgan holda bugungi kunda shahar aholisi va mehmonlarga xizmat qilib kelayotgan supermarket faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.



«Shaxzodbek Platinum Plus» MChJ o‘z ichida qandolatchilik, maishiy texnikalar, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo do‘konlarini jamlagan maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksini tashkil etish maqsadida «O‘zmilliybank» AJ 2 mlrd. so‘m miqdoridagi kredit mablag‘ini rasmiylashtirgan. Bugungi kunda mazkur supermarketda 30 ga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Shundan so‘ng Press-tur ishtirokchilari viloyatning Uchquduq tumani «Alisher Navoiy» MFY manzilida joylashgan tibbiy diagnostika markazi bilan tanishdilar.


Bugungi kunda «Panterra Black» MChJ ga qarashli mazkur muassasada 5 nafar malakali mutahassis ish bilan ta’minlangan. Aholiga sifatli tibbiy diagnostika xizmatini ko‘rsatib kelayotgan markazga «O‘zmilliybank» AJ tomonidan 500 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring