Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parijdagi Notr-Dam cherkovida yong‘in bartaraf etildi

Parijdagi Notr-Dam cherkovida yong‘in bartaraf etildi

Foto: «Reuters»

Parijdagi mashhur Notr-Dam cherkovidagi yong‘in bartaraf etildi. Garchi kichik yong‘in o‘choqlari hamon mavjud bo‘lsa-da, o‘t o‘chiruvchilar vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga olishgan.

Yong‘in kelib chiqishiga ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgani tahmin qilinyapti. Cherkov atrofida 100 metrdan baland bo‘lgan ta’mirlash narvonlari o‘rnatilgan edi. Tergovchilar ayni vaqtda ishchilarni so‘roq qilmoqda.

Biroz vaqt muqaddam Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fransuz xalqiga murojaat qilib, Notr-Dam cherkovi to‘liq qayta tiklanishini va’da qilgan edi. U bo‘lib o‘tgan hodisani «dahshatli drama», deb atagan va o‘t o‘chiruvchilarga minnatdorchilik bildirgan.

Cherkovdagi yong‘in kecha, 15 aprelda mahalliy vaqt bilan soat 18.30da boshlangan edi. Olov natijasida binoning uchdan ikki qismi, minora va sobordagi soat yonib ketgan. Mutaxassislarning fikricha, qayta tiklash ishlari besh yildan to bir necha o‘n yilgacha davom etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, cherkov qurilishi salkam 200 yil davom etgan edi. Qurilish ishlari milodiy 1163 yilda boshlangan bo‘lib, 1345 yilda foydalanishga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring