Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parlament eshituvi: To‘rt vazirlik rahbarlari axborot berdi

Parlament eshituvi: To‘rt vazirlik rahbarlari axborot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 12-sentyabr kuni parlament quyi palatasidagi O‘zLiDeP va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyalari deputatlaridan iborat Demokratik kuchlar bloki tashabbusi bilan «Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish» mavzusida parlament eshituvi o‘tkazildi.

Majlis kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekovlarning axborotlari tinglandi.

Foto: «Xabar.uz»

— Internet tarmog‘idagi axborotdan samarali va maqsadli foydalanishni shakllantirish uchun birinchi navbatda undan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda xavfsiz internet muhitini shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi,  — dedi AKT vaziri Sh.Sodiqov o‘z axborotida. — Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot sohasini rivojlantirish va uning xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishini tartibga soluvchi 20dan ortiq qonunlarda konstitutsiyaviy tamoyillar (so‘z erkinligi, axborotdan foydalanish erkinligi, shaxsiy ma’lumotlar himoyalanishi va boshqalar) o‘z ifodasini topgan. «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning 12-1-moddasiga muvofiq, internet jahon axborot tarmog‘ida, xususan, ommaviy axborot vositalarida axborot tarqatish bo‘yicha muayyan talablar belgilangan.

Majlisda AKT vaziri internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish, axborot tarqatishda axborot xavfsizligini ta’minlash va telekommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, qonun hujjatlari loyihalarini aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan muhokama qilish, teleradioeshittirishlar va davriy nashrlarni tarqatish yo‘nalishlarda vazirlik tomonidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi asosiy vazifalarga batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, vazir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga atroflicha javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo‘llash orqali axborot tarqatish sohasida yagona davlat siyosatini belgilovchi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi va boshqa O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari asosida faoliyatini olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring