Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtachi tumanining nomi meni o‘ylantiradi, o‘zgartirsa bo‘lmaydimi?» — Prezident

«Paxtachi tumanining nomi meni o‘ylantiradi, o‘zgartirsa bo‘lmaydimi?» — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyat faollar kengashida Paxtachi tumani nomini yaqin kelajakda o‘zgartirish bo‘yicha taklif kiritdi.

«Paxtachi degan nom menga yoqmaydi. Nimaga Paxtachi, shuni tarixini biladiganlar bormi?

Shu tuman bo‘yicha tarixchilar tadqiqot o‘tkazishsa yaxshi bo‘lardi. Bu tumanning o‘z tarixi bor, bilib olganimiz yaxshi.

Hozir juda shoshilmaylik, ammo yaqin kelajakda shu tuman nomini bir qayta ko‘rib chiqsak, o‘zgartirsak yaxshi bo‘lardi. Tegishli mutasaddilar bu topshiriqni yozib olishsin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring