Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtakor»ning 5 futbolchisida koronavirus topildi

«Paxtakor»ning 5 futbolchisida koronavirus topildi
«Paxtakor» jamoasining 5 futbolchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda Championat.asia xabar berdi.

Klub jamoani doimiy tibbiy nazoratdan o‘tkazish chog‘ida jamoa a’zolarining 5 nafarida koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlagan va ularni tezda izolyasiya qilgan.

Superliga jamoalari ichida «Paxtakor» doimiy tarzda karantin qoidalariga amal qilib, koronavirusga test topshirib, tibbiy nazoratni kuchaytirganiga qaramasdan jamoa a’zolarining 5 nafar vakilida ushbu infeksiya aniqlangan.

Hozirda klubning barcha xodimlari, jamoa personallari va futbolchilari yana qo‘shimcha test topshirishgan. Mazkur test natijalari dushanba kuni chiqishi kutilmoqda.

Qaysi futbolchilar infeksiya yuqtirgani ochiqlanmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring