Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov Ramzan Qodirovning tahdidli bayonotini izohladi

Peskov Ramzan Qodirovning tahdidli bayonotini izohladi

Foto: Yamal-Media

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning rus qo‘shinlarining butun Ukraina shaharlari bo‘yicha hujum uyushtirishi bo‘yicha bayonotiga izoh berdi. 

«Biz siz bilan an’anaga ko‘ra harbiy harakatlarning borishi haqida gaplashmaymiz, bu vakolatni Mudofaa vazirligiga qoldiramiz. Ko‘proq brifinglardan ma’lumot olishingizni taklif qilaman», — degan Kreml vakili.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya qo‘shinlari Donetsk va Lugansk hududlariga, so‘ngra Ukrainaning barcha shaharlari, jumladan Kiyevga qaytadan hujum qilishi bo‘yicha gapirgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur buyruqni shaxsan Putinning o‘zi bergan. 

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov avval ham muzokaralardan foyda yo‘qligi va Kiyevga hujumni davom ettirish lozimligi haqida gapirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring