Pokistonda politsiya punktiga hujumda 12 kishi halok bo‘ldi
Jangarilar Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi politsiya nazorat punktiga hujum qilishdi va kamida 12 kishi halok bo‘ldi. AFP agentligining mahalliy politsiyaga tayanib xabar berishicha, hujum Afg‘oniston bilan chegaradosh Xayber Paxtunxva viloyatidagi Bannu shahrida sodir bo‘lgan.
Hujum xudkush terrorchi nazorat punktiga bomba yuklangan mashinani urib yuborganida boshlangan. Portlashdan keyin bir guruh jangarilar hududga kirib, o‘t ochishdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, hujumchilar nafaqat og‘ir qurollardan, balki dronlardan ham foydalanganlar.
To‘qnashuvdan so‘ng jangarilar qurol-yarog‘ va bir nechta politsiya xodimlarini olib, orqaga chekinishgan. Hozirda bir kishi rasman bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
AFP xabar berishicha, Xayber Paxtunxva mintaqasi yaqinda terroristik faoliyat to‘lqini bilan qamrab olingan. Islomobod Kobulni ekstremistlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda, ammo «Tolibon» rahbariyati bu ayblovlarni rad etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter