Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharif hibsga olindi
Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharif hibsga olindi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Angliyada davolanayotgan turmush o‘rtog‘ini ko‘rish uchun qizi bilan birga Londonga borgan sobiq bosh vazir bugun erta tongda Pokistonning Lahor shahriga qaytib kelishi bilan qo‘lga olindi.
68 yoshli Navoz Sharif «Avenfield ishi» bo‘yicha aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi hamda 8 million sterling jarimaga tortildi.
Xuddi shunday qizi Maryamga ham 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va 2 million sterling jarima jazosi tayinlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoz Sharif uch o‘g‘li, kuyovi va sobiq moliya vaziri Is’hoq Dor bilan birgalikda noqonuniy ravishda Londondagi «Avenfield» mavzesidan qimmatbaho uylar sotib olgan.
Navoz Sharif sudda bu uylarni o‘ziniki emas, balki o‘g‘illariniki ekanini e’tirof etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter