Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistondagi suv toshqinlari qurbonlari 650 nafardan oshdi

Pokistondagi suv toshqinlari qurbonlari 650 nafardan oshdi

Pokistonda kuchli musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan katta toshqinlar davom etmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 657 nafarga yetgan, mingga yaqin kishi jarohat olgan.

Bu haqda 20 avgust, chorshanba kuni tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi (NDMA) ma’lumotlariga asoslanib, Pokiston ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Agentlik hisobotiga ko‘ra, 320 dan ortiq odam halok bo‘lgan shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyati va janubi-g‘arbiy Sind provinsiyasi, jumladan, Karachi shahri ham eng ko‘p jabr ko‘rgan. 15 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududda suv toshqini tufayli sanoat korxonalari, dengiz porti va jamoat transporti ishlamayapti. 

Ayni paytda, Pokistonning Daily Times gazetasi yozganidek, kuchli yomg‘irlar mamlakatni suv bosishi davom etmoqda, daryolar sathi xavfli darajada yuqori darajaga ko‘tarilib, ekinlarni nobud qilgan va bir qancha hududlarga kirishni to‘sib qo‘ygan. 

NDMA ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab binolar vayron bo‘lgan yoki shikastlangan, minglab odamlar evakuatsiya qilingan va vaqtinchalik lagerlarga joylashtirilgan. Transport infratuzilmasi vayron bo‘lgan, mobil telefon aloqasi uzilgan. Xayber-Paxtunxva viloyatida favqulodda holat e’lon qilindi. "Bu musson mavsumini so‘nggi yillardagi eng halokatli mavsumlardan biriga aylantiradi", dedi agentlik. 

 Pokiston Bosh vaziri Shehbaz Sharif va hukumat a’zolari oylik maoshlarini yordam fondiga o‘tkazdi. Bosh vazir 18 avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida “Musibatga uchragan birodarlarimiz va opa-singillarimizga yordam berish bizning milliy mas’uliyatimizdir” degan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring