Fojiaga aylangan tomosha: Pokistonning qor bosgan yo‘llarida 21 kishi nobud bo‘ldi (foto)
![Fojiaga aylangan tomosha: Pokistonning qor bosgan yo‘llarida 21 kishi nobud bo‘ldi (foto)](https://xabar.uz/static/crop/3/8/920__95_3883873141.png)
Pokistonda kuchli qor yog‘ishi oqibatida mashinalari bilan yo‘lda qolib ketgan kamida 21 kishi halok bo‘ldi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/45/y7YD0RWJUwxyyxjiYtOhx_YIC6qNxWoq.png)
VVS xabariga ko‘ra, ayni paytda harbiylar yo‘llarni tozalab, Murri shahri (poytaxt Islomoboddan shimolda joylashgan tog‘ kurort shahri) yaqinida qor tutqunida qolgan insonlarni qutqarishga harakat qilishyapti.
![](https://xabar.uz/static/uploads/45/720__iY4Y8BAvAVlwgTvI9zMx4ldO7qGSwWC_.jpg)
Ichki ishlar vaziri Shayx Rashidning ta’kidlashicha, qor bo‘roni tufayli minglab avtomobillar muzlagan yo‘llarda qolib ketgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/45/yEPksZRvV_r1pKogVA2vbtOj4TPR_Seq.png)
Xabarda aytilishicha, kuchli qor yog‘ishini tomosha qilish uchun odamlar 100 mingdan ortiq mashinalarda Murriga yo‘l olishgan. Oqibatda yo‘llarda uzundan-uzoq tirbandliklar yuzaga kelgan. Ko‘plab odamlarning halok bo‘lishiga mashinalar chiqargan tutun gazlari ham sabab bo‘lgani politsiya ma’lumotida keltirilgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/45/720__mm4UPi0sjCfhyipcy1OdSaSXE_rUMP6R.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter